O‘zbekistonda pul o‘tkazmasini chet el valyutasidaqanday olish mumkin

O‘zbekistonda xalqaro pul o‘tkazmasini qayerda va qanday olish, qanday hujjatlar kerakbo‘lishi va OLMAPAY orqali dollarni qanday qilib naqd olish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

  • 12 октября 2026
  • 6 мин чтения
  • Команда OLMAPAY
Array
(
    [REDIRECT_HTTPS] => on
    [REDIRECT_UNIQUE_ID] => as-5BPWRDRLlthP@l4eSpwAAAA8
    [REDIRECT_SCRIPT_URL] => /uz/blog/guides/ozbekistonda-pul-otkazmasini-chet-el-valyutasida-qanday-olish-mumkin/
    [REDIRECT_SCRIPT_URI] => http://olmapay.ru:443/uz/blog/guides/ozbekistonda-pul-otkazmasini-chet-el-valyutasida-qanday-olish-mumkin/
    [REDIRECT_BITRIX_VA_VER] => 7.5.5
    [REDIRECT_BITRIX_ENV_TYPE] => general
    [REDIRECT_AUTHBIND_UNAVAILABLE] => yes
    [REDIRECT_STATUS] => 200
    [HTTPS] => on
    [UNIQUE_ID] => as-5BPWRDRLlthP@l4eSpwAAAA8
    [SCRIPT_URL] => /uz/blog/guides/ozbekistonda-pul-otkazmasini-chet-el-valyutasida-qanday-olish-mumkin/
    [SCRIPT_URI] => http://olmapay.ru:443/uz/blog/guides/ozbekistonda-pul-otkazmasini-chet-el-valyutasida-qanday-olish-mumkin/
    [REMOTE_USER] => 
    [BITRIX_VA_VER] => 7.5.5
    [BITRIX_ENV_TYPE] => general
    [AUTHBIND_UNAVAILABLE] => yes
    [HTTP_X_FORWARDED_FOR] => 66.249.68.101
    [HTTP_HOST] => olmapay.ru:443
    [HTTP_HTTPS] => YES
    [HTTP_X_FORWARDED_PROTO] => https
    [HTTP_CONNECTION] => close
    [HTTP_ACCEPT] => text/html,application/xhtml+xml,application/signed-exchange;v=b3,application/xml;q=0.9,*/*;q=0.8
    [HTTP_FROM] => googlebot(at)googlebot.com
    [HTTP_USER_AGENT] => Mozilla/5.0 (Linux; Android 6.0.1; Nexus 5X Build/MMB29P) AppleWebKit/537.36 (KHTML, like Gecko) Chrome/153.0.8010.52 Mobile Safari/537.36 (compatible; GoogleOther)
    [HTTP_ACCEPT_ENCODING] => gzip, deflate, br
    [PATH] => /usr/local/sbin:/usr/local/bin:/usr/sbin:/usr/bin
    [SERVER_SIGNATURE] => 
Apache Server at olmapay.ru Port 443
[SERVER_SOFTWARE] => Apache [SERVER_NAME] => olmapay.ru [SERVER_ADDR] => 127.0.0.1 [SERVER_PORT] => 443 [REMOTE_ADDR] => 66.249.68.101 [DOCUMENT_ROOT] => /home/bitrix/olmapay.ru [REQUEST_SCHEME] => http [CONTEXT_PREFIX] => [CONTEXT_DOCUMENT_ROOT] => /home/bitrix/olmapay.ru [SERVER_ADMIN] => webmaster@localhost [SCRIPT_FILENAME] => /home/bitrix/olmapay.ru/bitrix/urlrewrite.php [REMOTE_PORT] => 45764 [REDIRECT_URL] => /uz/blog/guides/ozbekistonda-pul-otkazmasini-chet-el-valyutasida-qanday-olish-mumkin/ [GATEWAY_INTERFACE] => CGI/1.1 [SERVER_PROTOCOL] => HTTP/1.0 [REQUEST_METHOD] => GET [QUERY_STRING] => [REQUEST_URI] => /uz/blog/guides/ozbekistonda-pul-otkazmasini-chet-el-valyutasida-qanday-olish-mumkin/ [SCRIPT_NAME] => /bitrix/urlrewrite.php [PHP_SELF] => /bitrix/urlrewrite.php [REQUEST_TIME_FLOAT] => 1792014596.4335 [REQUEST_TIME] => 1792014596 [REAL_FILE_PATH] => /uz/blog/index.php )

Поделиться:

O‘zbekistonda pul o‘tkazmasini bank kartasi, bank hisobraqami yoki to‘lov tizimining xizmat ko‘rsatish shoxobchasida naqd pul ko‘rinishida olish mumkin. Qaysi usulni tanlash esa xizmat shartlari, pul jo‘natilgan mamlakat, o‘tkazma valyutasi va mablag‘ni olishning mavjud usullariga bog‘liq.

Qabul qiluvchi pul qaysi valyutada berilishini, konvertatsiya qilish kerak yoki yo‘qligini, qanday hujjatlarni taqdim etishi lozimligini va eng yaqin xizmat ko‘rsatish punkti qayerda joylashganligini oldindan bilishi muhimdir.

Ushbu qo‘llanmada O‘zbekistonda xalqaro pul o‘tkazmasini olish tartibini ko‘rib chiqamiz va OLMAPAY orqali dollarni qanday naqd pul ko'rinishida olishni bosqichma-bosqich tushuntiramiz.

O‘zbekistonda pul o‘tkazmasini qanday usullarda olish mumkin

Xalqaro pul o‘tkazmalari bir necha usulda kelib tushadi. Shartlar yuboruvchi tanlagan bank yoki to‘lov tizimiga bog‘liq.

Naqd pul ko‘rinishida olish

Agar o‘tkazma naqd pul berish sharti bilan yuborilgan bo‘lsa, qabul qiluvchidan alohida bank hisob raqami ochish yoki karta raqamini taqdim etish talab qilinmaydi. O‘tkazma rasmiylashtirilgandan so‘ng nazorat raqami beriladi. Ushbu raqamni xizmat ko‘rsatish punktida taqdim etish lozim.

Naqd pulda olish quyidagi hollarda qulay:

  • qabul qiluvchida mos bank kartasi bo‘lmasa;
  • mablag‘ xorijiy valutada kerak bo‘lsa;
  • bank filialiga murojaat qilish qulay bo‘lsa;
  • mablag‘ni hisob raqamiga o‘tkazmasdan olish zarur bo‘lsa.

Bank kartasiga o‘tkazish

Ayrim servislar pul o'tkazmasini O‘zbekiston bank kartalariga tushirish imkonini beradi. Odatda mablag‘ karta hisobining valutasi yoki konvertatsiyadan so‘ng milliy valutada hisobga tushadi.

Yuborishdan oldin quyidagilarni tekshiring:

  • oluvchining kartasi qabul qilinadimi;
  • mablag‘ qaysi valutada tushadi;
  • qaysi ayirboshlash kursi qo‘llaniladi;
  • komissiya mavjudmi;
  • bank tomonidan qanday limitlar belgilangan.

Bank hisob raqamiga o‘tkazish

Bank o‘tkazmasi qabul qiluvchining hisob raqami rekvizitlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul katta miqdordagi mablag‘lar yoki mablag‘ kelib tushganini hujjat bilan tasdiqlash zarur bo‘lgan hollarda qo‘llanilishi mumkin.

Pulni qabul qilish uchun hisob raqami, bank nomi, SWIFT-kod va boshqa rekvizitlar talab qilinishi mumkin. Mablag‘ning hisobga tushish muddati ishtirok etuvchi banklar hamda majburiy tekshiruvlarga bog‘liq.

O‘tkazmani yuborilgan valutada olish mumkinmi?

Pulni aynan yuborilgan valutada olish imkoniyati to‘lov tizimi, bank va o‘tkazma yo‘nalishi shartlariga bog‘liq.

Quyidagi tushunchalarni farqlash muhim:

  • kiritish valutasi — yuboruvchi to‘laydigan valuta;
  • o‘tkazma valutasi — operatsiya hisobga olinadigan valuta;
  • berish valutasi — qabul qiluvchi amalda oladigan valuta.

Ayrim xizmatlarda kiritish valutasi va berish valutasi bir xil bo‘ladi. Boshqa hollarda esa ular o‘rtasida konvertatsiya amalga oshiriladi va valyuta kursi operatsiyani tasdiqlashdan oldin ko'rsatiladi.

O‘tkazmani yuborishdan oldin faqat o‘tkazma valutasi emas, balki berish valutasi ham aniqlashtirilishi tavsiya etiladi. Chunki qabul qiluvchi aynan shu valutada mablag‘ni xizmat ko‘rsatish punktida yoki hisob raqamida oladi.

OLMAPAYda o‘tkazma qaysi valutada beriladi?

OLMAPAY orqali Rossiyadan yuborilgan pul o‘tkazmasi Rossiya rublida rasmiylashtiriladi, O‘zbekistonda esa uni AQSH dollarida naqd shaklda olish mumkin.

Shunday qilib, yuborish valutasi va berish valutasi bir-biridan farq qiladi. Konvertatsiya operatsiya jarayonida amalga oshiriladi, qabul qilinadigan aniq summa esa o‘tkazma yuborilgan paytdagi kurs asosida hisoblanadi.

Qabul qiluvchiga rublni mustaqil ravishda ayirboshlash talab qilinmaydi. Xizmat ko‘rsatish punktida u o‘tkazma rasmiylashtirilganda ko‘rsatilgan miqdordagi AQSH dollarini oladi.

OLMAPAY orqali pul o‘tkazmasini qanday olish mumkin

  • 1-qadam. Yuboruvchidan ma’lumotlarni oling Pul o‘tkazmasi rasmiylashtirilgandan so‘ng, yuboruvchi qabul qiluvchiga quyidagi ma’lumotlarni yetkazishi kerak:
  • o‘tkazmaning nazorat raqami (O'NR);
  • o‘tkazma summasi;
  • berish valutasi;
  • zaruriyatga ko'ra, yuborilgan sana.

O'NR 11 ta raqamdan iborat bo‘lib, operatsiyani identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Uni faqat jo‘natuvchidan olish mumkin.

O'NR haqida begonalarga xabar bermang. Nazorat raqamini faqat jo‘natuvchi va o‘tkazmani qabul qiluvchi shaxs bilishi kerak.

2-qadam. O‘tkazma holatini tekshiring Xizmat ko‘rsatish punktiga borishdan oldin o‘tkazmani olish imkoniyati mavjudligini tekshirish tavsiya etiladi.

Operatsiya holatini OLMAPAY rasmiy saytining o‘tkazmani tekshirish bo‘limi orqali aniqlash mumkin. Tekshirish uchun tizim so‘raydigan ma’lumotlarni kiritish lozim.

3-qadam. Eng yaqin xizmat ko‘rsatish punktini toping O‘tkazmani O‘zbekiston hududidagi OLMAPAY mijozlarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida, naqd pul shaklida olish mumkin.

  • Punktni tanlashda quyidagilarga e’tibor bering:
  • aniq manzil;
  • ish kunlari;
  • ish vaqti;
  • bog‘lanish uchun telefon raqami;
  • OLMAPAY o‘tkazmalarini berish xizmati mavjudligi.

Xizmat ko‘rsatish punktlarining yangilangan ro‘yxati va joylashuvi rasmiy sayt xaritasida keltirilgan.

4-qadam. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatni tayyorlab qo'ying O‘tkazmani olish uchun amal qilish muddati tugamagan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish lozim.

Hujjatdagi familiya, ism va otasining ismi yuboruvchi o‘tkazmani rasmiylashtirishda ko‘rsatgan ma’lumotlarga to‘liq mos kelishi kerak.

Agar ma’lumotlarda xatolik bo‘lsa, u tuzatilmaguncha pulni olish imkoni bo‘lmasligi mumkin. Bunday holatda yuboruvchi o‘tkazma yuborilgan shoxobchaga yoki servisning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi lozim.

5-qadam. Xodimga ma’lumotlarni taqdim eting Xizmat ko‘rsatish punktida quyidagi ma’lumotlar beriladi:

  • O'NR;
  • o‘tkazma summasi;
  • berish valutasi.

Shundan so‘ng xodim ma’lumotlar va qabul qiluvchining hujjatini tekshiradi.

6-qadam. Naqd pulni oling Tekshiruv muvaffaqiyatli yakunlangach, qabul qiluvchiga AQSH dollarida naqd pul beriladi.

Operatsiya yakunlanishidan oldin mablag‘ni qayta sanash, summani tekshirish va o‘tkazma olinganini tasdiqlovchi hujjatni saqlab qo‘yish tavsiya etiladi.

Qabul qiluvchiga qanday hujjatlar kerak

  • OLMAPAY orqali pul o‘tkazmasini olish uchun quyidagilar bo‘lishi kerak:
  • amal qilish muddati tugamagan shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • 11 raqamdan iborat o‘tkazmaning nazorat raqami (O'NR);
  • o‘tkazma summasi haqidagi ma’lumot;
  • berish valutasi haqidagi ma’lumot.

Naqd pul o‘tkazmasini olish uchun bank kartasi yoki hisob raqami talab etilmaydi.

O‘zbekistonda pul o‘tkazmasini qayerdan olish mumkin

OLMAPAY o‘tkazmalari O‘zbekiston hududidagi xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida beriladi. Tizim hamkorlari sifatida banklar va ularning filiallari faoliyat yuritadi.

Qulay xizmat ko‘rsatish punktini OLMAPAY rasmiy saytidagi xarita orqali topish mumkin. Har bir filial uchun manzil, ish vaqti hamda bog‘lanish ma’lumotlari ko‘rsatilgan.

Borishdan oldin, ayniqsa dam olish va bayram kunlarida, ish tartibini oldindan tekshirish tavsiya etiladi.

O‘tkazmani qancha vaqt ichida olish mumkin

O‘tkazma yuborilganidan so‘ng qabul qiluvchi uni 1 daqiqa o'tib olishi mumkin.

Aniq vaqt operatsiyaning yakunlanishi, majburiy tekshiruvlar va xizmat ko‘rsatish punktining ish tartibiga bog‘liq.

Pul o‘tkazmasini yuborilgan sanadan boshlab 30 kalendar kuni davomida olish mumkin.

Agar qabul qiluvchi belgilangan muddat ichida o‘tkazmani olmasa, yuboruvchi mablag‘ni qaytarishni rasmiylashtirishi yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi kerak.

O‘tkazmani olishda qanday komissiya undiriladi

OLMAPAY orqali pul o‘tkazmasini olish uchun komissiya 0% ni tashkil etadi.

Shu bilan birga, yakuniy summa o‘tkazma yuborish paytida qo‘llanilgan konvertatsiya kursiga bog‘liq bo‘ladi. Yuboruvchi operatsiyani tasdiqlashdan oldin qabul qiluvchi oladigan aniq summani ko‘radi.

Qabul qiluvchiga yuboruvchidan o‘tkazmaning aniq miqdori va berish valutasini oldindan aniqlashtirib olish tavsiya etiladi.

Valuta kursi o‘tkazma summasiga qanday ta’sir qiladi

Agar kiritish valutasi berish valutasidan farq qilsa, tizim konvertatsiyani amalga oshiradi.

OLMAPAYda yuboruvchi mablag‘ni Rossiya rublida to‘laydi, qabul qiluvchi esa pulni AQSH dollarida oladi.

  • Aniq kursni quyidagilar yordamida bilish mumkin:
  • OLMAPAY rasmiy sayti;
  • pul o‘tkazmasi rasmiylashtiriladigan mobil ilova;
  • yuborish vaqtida xizmat ko‘rsatish punkti.

O‘tkazma rasmiylashtirilgandan so‘ng, qabul qiluvchiga oldindan hisoblab chiqilgan summa ko‘rsatilgan valutada beriladi.

Qabul qiluvchi ma’lumotlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa nima qilish kerak

Agar yuboruvchi ism, familiya yoki otasining ismida xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, qabul qiluvchi ma’lumotlarni mustaqil ravishda o‘zgartirishga urinmasligi kerak.

  • Tuzatish yuboruvchi tomonidan quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshirilishi kerak:
  • pul o‘tkazmasi yuborilgan xizmat ko‘rsatish shoxobchasiga murojaat qilish;
  • ilova yoki saytning qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanish;
  • agar servisda tahrirlash funksiyasi mavjud bo‘lsa, undan foydalanish.

Pul oluvchiga berilgunga qadar ma’lumotlarni o‘zgartirish mumkin.

O'NR yo‘qolganda nima qilish kerak

Agar qabul qiluvchi nazorat raqamini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsa, uni jo‘natuvchidan qayta so‘rash kerak.

Jo‘natuvchi O'NRni operatsiya amalga oshirilgan xizmat ko‘rsatish shoxobchasida tiklashi yoki ilova yoki saytning shaxsiy kabinetidan topishi mumkin.

Berish punkti xodimlari nazorat raqamini begona shaxslarga ma’lum qilmasligi kerak.

Nima uchun o‘tkazma berilmasligi mumkin

  • Rad etish yoki kechikishning eng keng tarqalgan sabablari:
  • o‘tkazma hali olish uchun tayyor emas;
  • O'NR noto‘g‘ri ko'rsatilsa;
  • F.I.Sh. hujjatga mos kelmasa;
  • hujjat haqiqiy bo‘lmasa;
  • pul o‘tkazmasi allaqachon olingan yoki bekor qilingan bo‘lsa;
  • o‘tkazmaning amal qilish muddati tugasa;
  • operatsiya qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tayotgan bo‘lsa.

Bunday vaziyatda amaliyot holatini tekshirish va jo‘natuvchi yoki OLMAPAY mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanish lozim.

Qanday qilib pul o‘tkazmasini xavfsiz olish mumkin

  • pulni faqat rasmiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasidan oling;
  • O'NRni uchinchi shaxslarga bermang;
  • o'tkazma ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlar va chatlarda e’lon qilmang;
  • xizmat ko‘rsatish shoxobchasi manzilini rasmiy saytdan tekshiring;
  • karta PIN-kodi yoki bank ilovasi parolini oshkor qilmang;
  • naqd pulni olishda uni qayta sanang;
  • operatsiya tasdiqnomasini saqlang.

O'tkazmani naqd pul shaklida olish uchun xodimga bank ilovasining paroli, kartaning PIN-kodi yoki hisobingizga kirish kodi talab qilinmaydi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

O‘zbekistonda OLMAPAY o‘tkazmasini qayerdan olish mumkin? Pul o‘tkazmasini OLMAPAY xizmat ko‘rsatish shoxobchasida naqd pulda olsa bo‘ladi. Eng yaqin bo‘limni rasmiy sayt xaritasidan topishingiz mumkin.

Pul o‘tkazmasini dollarda olish mumkinmi? Ha. Rossiyadan yuborilgan OLMAPAY pul o‘tkazmasi O‘zbekistonda AQSH dollarida naqd pul shaklida beriladi.

Rossiya rublida pul o‘tkazmasini olish mumkinmi? Amaldagi OLMAPAY shartlariga ko‘ra, Rossiyadan pul o‘tkazmalari rublda yuboriladi, biroq O‘zbekistonda AQSH dollarida beriladi.

Bank kartasi kerakmi? Yo‘q. Pul o‘tkazmasini olish uchun karta va bank hisobraqami talab qilinmaydi.

Qanday ma’lumotlar taqdim etilishi kerak? Qabul qiluvchi O'NR, pul miqdori va berish valyutasini ma’lum qiladi hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.

Pul o‘tkazmasini olish uchun komissiya qancha? OLMAPAY orqali pul o‘tkazmasini olish uchun komissiya 0% ni tashkil etadi.

Pulni qancha vaqtda olish mumkin? Xizmat ko‘rsatish shoxobchasining ish jadvalini hisobga olgan holda, pul o‘tkazmasi jo‘natilgandan so‘ng bir daqiqa o'tib olishga tayyor bo'ladi.

O‘tkazma necha kun saqlanadi? O‘tkazmani jo‘natilgan sanadan boshlab 30 kalendar kun ichida olish mumkin.

Boshqa odam mening o‘rnimga pul o‘tkazmasini olishi mumkinmi? Qabul qiluvchining ma’lumotlari xizmat ko‘rsatish shoxobchasida taqdim etilgan hujjatga mos kelishi shart. O'NRni boshqa shaxsga berish orqali ma'lumoti qayd etilgan qabul qiluvchini almashtirib bo'lmaydi.

OLMAPAY orqali pul o‘tkazmasini qanday olish mumkin

Jo‘natuvchidan nazorat raqamini, pul miqdorini va berish valyutasini oling. Amaliyot holatini tekshiring, eng yaqin xizmat ko‘rsatish shoxobchasini toping va shaxsingizni tasdiqlovchi amaldagi hujjatni o‘zingiz bilan oling.

Ma’lumotlar tekshirilgandan so‘ng, xodim pul o‘tkazmasini AQSH dollarida naqd shaklda beradi. Olish uchun komissiya 0% ni tashkil etadi.

O'tkazmani tekshirish va eng yaqin OLMAPAY xizmat ko‘rsatish shoxobchasini topish.

Ma’lumotlar axborot berish maqsadida keltirilgan. Xizmat ko‘rsatish punktlarining shartlari, limitlari, narxi va amal qilish holati o‘zgarishi mumkin. O'tkazmani yuborishdan oldin bevosita joriy ma'lumotlarni tekshiring.

Остались вопросы?

Наша служба поддержки всегда готова помочь вам